Kontent qismiga oʻtish

Unitar korxona

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Unitar Korxonadan yoʻnaltirildi)

Unitar korxona – mulk egasi tomonidan oʻziga berkitib berilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti koʻrinishidagi davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralari korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga koʻra, davlat hokimiyati organi yoki mahalliy boshqaruv tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan Unitar korxona va operativ boshqarish huquqiga asoslangan davlat mulki bulgan Unitar korxonalar bor. Unitar korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin mol-mulk egasi majburiyatlari boʻyicha javobgar emas. Oʻzbekiston Respublikasida 90-yillar oxirida sanoat, transport tarmoqlarida Unitar korxonalar tashkil topa boshladi (masalan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi 2000-yil 25 maydan Unitar korxona maqomida faoliyat koʻrsatadi).