Kontent qismiga oʻtish

Nasturan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uran Smolali Rudadan yoʻnaltirildi)

Nasturan (yun. nastos — zichlashgan va lot. uranium — uran), uran smolali ruda — sodda oksidlar sinfiga mansub mineral. Uranitning kri-stallokimyoviy analogi. Massiv va kollomorf agregatlar. Tarkibida oʻzgaruvchan miqdorda UO3 (20—55%) va UO2 (25—60%) boʻladi. Qushimcha sifatida radiogen qurgʻoshin, Sa, baʼzan nodir-yer elementlari, shuningdek, suv uchraydi. N.ning kristallik strukturasi, odatda, uraninitga mos keladi. Rangi qora, smolasimon yaltiroq, shaffof emas. Qattiqligi mineralogik shkala buyicha 4—6; zichligi UO2 va UO3 nisbatiga qarab, 4500 dan 9000 kg/m3 gacha oʻzgarib turadi. Elektromagnit xossasiga ega. Nihoyatda kuchli radioaktiv. U ning eng kup tarqalgan minerali. Murakkab gdirotermal tipli konlarda Sn va W minerallari, shuningdek, kobalt, nikel, temir arsenidlari bilan, mis, qoʻrgʻoshin, vismut, kumush va boshqalarning sulfidlari bilan birga hosil boʻladi. Urantemir rudali konlarda gematit, magnetit va boshqa bilan birga uchraydi. Chukindi tipli konlarda, konglomeratlarda esa kora uran deb ataluvchi ku-kunsimon, tuproqli agregatlarda ham maʼlum. Uran va radiyning asosiy sanoat minerallaridan biri.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil