Kontent qismiga oʻtish

Urgʻu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Urg'udan yoʻnaltirildi)

Urgʻu — turli fonetik vositalar (mas, nafas chiqarishning kuchi, ovozni kuchaytirish, boʻgʻin tarkibidagi unlining choʻziq talaffuzi, ton balandligini oʻzgartirish) orqali boʻgʻin yoki soʻzni ajratish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz. Ajratish obʼyektiga koʻra, U.ning 2 turi farqlanadi: soʻz U.si (lugʻaviy U.) va fraza U.si (mantiqiy U.). Ikki va undan ortiq boʻgʻinli suzlarda shu bugʻinlardan birini ajratib, kuchli talaffuz etilishi suz U.si deyiladi. Suz U.si, oʻz navbatida, soʻzning qaysi boʻgʻinga tushishi, qaysi boʻgʻinga birkitilganligiga koʻra 2 turga ga boʻlinadi: bogʻliq U. va koʻchma (erkin) U. Bogʻliq U. suzda bugʻinlar soni oʻzgarishi (ortishi)ga qaramay, oʻrni oʻzgarmaydigan U.dir (mas, rus tilida). Kuchma U. affiksatsiya jarayonida soʻzda boʻgʻinlar soni orta borishi bilan oʻrnini oʻzgartira boradigan, yaʼni oxirgi boʻgʻinga siljib boradigan U.dir. Masalan, oʻzbek tilida soʻz U.si shunday: oʻqit — oʻqitoʻv — oʻqituvchi — oʻqituvchilik. Ayrim holatlarda soʻz U.si maʼno farqlash vazifasini ham bajaradi: olma (feʼl) — olma (ot: meva); osma (feʼl:biror narsani osib qoyishning, boʻlishsizlik shakli) — osma(ot:tibbiyot anjomi) yoki soʻz shaklini farqlaydi: ishchimiz (bizning ishchi) — ishchimiz (biz — ishchi), otingiz (sizning otingiz) — otingiz (miltiqni oting) kabi.

Soʻz oxiridagi baʼzi qoʻshimchalar, yuklamalar U. olmaydi, ularda U. oldingi boʻgʻinda qolaveradi. Albatta, umuman, baʼzan, doimo, hamisha, Kobil, Halima kabi oʻzlashma soʻzlarda U. soʻnggi boʻgʻinda emas, undan oldingi boʻgʻinlarda ham keladi. Koʻp boʻgʻinli soʻzlarda, bosh urgʻudan tashqari, ikkinchi darajali urgʻu ham boʻladi.

Fraza U.si (mantiqiy U.) sintaktik tuzilma tarkibidagi biror boʻlakni — maʼno jihatidan muhim boʻlgai nutq taktini (sintagma)ni boshqalaridan ajratib koʻrsatadi. Fraza U.si qaysi boʻlakka tushsa, oʻsha boʻlak axborot tashishdagi eng ahamiyatli boʻlak hisoblanadi. Masalan : Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtiroketdilar. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

  • Gʻulomov A., Oʻzbek tilida urgʻu, T., 1947; Mahmudov A., Slovesnoye udareniye v uzbekskom yazike, T., 1960; N u r m o nov A. va boshqa; Oʻzbek tilining mazmuniy sintaksisi, T.