Kontent qismiga oʻtish

Urganchyogʻ aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

„URGANCHYOGʻ“ AKSIYADORLIK JAMIYATI – oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. „Yogʻmoytamakisanoat“ uyushmasi tarkibiga kiradi. Rafinatsiyalangan paxta va boshqa oʻsimlik yogʻlari, xoʻjalik sovuni, alif, kunjara, shrot va boshqa maqsulotlar ishlab chiqaradi.

Korxona dastlab 1889-yil dekabrda Yangi Urganch shahrida paxta—yogʻ zavodi tarzida ishga tushirilgan. 1910-yilda germaniyalik ishbilarmonlar tomonidan sotib olingan va i.ch. binolari yangidan qurilib, xorijiy dastgohlar urnatilgan. 1969-yilda Urganch shahrining sanoatchilar hududida sutkalik quvvati 720 tonna chigitni qayta ishlaydigan, oʻsimliklarning yogʻli urugʻlarini qayta ishlashning toʻliq tizimi (ekstraksiya, forpress, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash, qadoqlash sexlari)ga ega boʻlgan yangi „Urganch yogʻ ekstraksiya zavodi“ qurilishi boshlandi va korxona 1977-yilda ishga tushirildi. 1983-yilda uning quvvati bir sutkada 800 t chigitni qayta ishlashga yetkazildi. 1981-yildan xoʻjalik sovuni i.ch. sexi ishga tushirildi. 1985-yilda quritish uskunasining 2tizimi qurildi va xujalik sovuni ishlab chikaradigan kuvvatlari yiliga 14,0 ming t ga yetkaziddi. 1996-yilda Rossiyadan keltirilgan xom yog kislotalarini rektifikatsiyalash texnologiya tizimi oʻrnatildi. 2002-yildan paxta va soya yogʻi asosida kurilishda ishlatiladigan alif ishlab chikariladi. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 2003-yildan Shveysariyaning „Plod oyl LTD“ kompaniyasining investitsiyasi ishtirokidagi ochiq aksiyadorlik jamiyati.

Korxonada 56 ming t chigit, 11,3 ming t soya doni qayta ishlanib 8600 t rafinatsiyalangan paxta yogʻi, 1777 t soya yogʻi ishlab chiqarildi, 6410 t xoʻjalik sovuni, 132 t alif mahsuloti tayyorlandi. Chet ellarga paxta shrotini eksport qiladi (2003) (ya na q. Yogʻmoy sanoati).