Kontent qismiga oʻtish

UDP

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(User Datagram Protocoldan yoʻnaltirildi)

UDP (User Datagram Protocol — foydalanuvchi datagrammasi protokoli) — IP-bogʻlanish qilmasdan, tarmoq orqali maʼlumot joʻnatish transport protokoli. OSI modeli bosqichining eng oddiy protokoli hisoblanadi. TCP dan farqli ravishda u joʻnatilgan maʼlumotlarni yetib borishini taʼminlab bermaydi. UDP joʻnatilgan paketlarni yetib borgan yoki yetib bormaganligi haqidagi soʻrovni amalga oshirmaydi. Buni natijasida paketlar yoʻqolishi vujudga kelishi mumkin. UDP protokolining tezligi katta, agar bu protokolga ham TCP protokoliga oʻxshash soʻrovnoma xizmati qoʻshilsa uning tezligi katta hajmdagi maʼlumotlarni yuborish uchun yetarli boʻlmas edi. UDP protokilidagi paketlar yoʻqotilishi deyarli sezilmaydi, chunki katta hajmdagi video axborot ichidan mikro sekundlar yoʻqolganini inson koʻzi ilgʻamaydi. UDP protokoli katta hajmdagi maʼlumotlarni uzatishga moʻljallangan boʻlib , asosan togʻridan-toʻgʻri translyatsiyalarni, jonli efirlarni va katta hajmdagi video maʼlumotlarni yuborish uchun foydalaniladi.