Kontent qismiga oʻtish

Aleatiko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uva liatikadan yoʻnaltirildi)

Aleatiko, Aleatiko pero - Uva liatika vinobop uzum navi. 1830-yilda Italiyadan Qrimga, XIX asrning 2-yarmida Oʻzbekistonga keltirilgan. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi bir oz choʻziq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi konussimon silindr shaklida, oʻrtacha kattalikda (boʻyi 15-18 sm, eni 10-13 sm), 307ogirligi 140-150 g, shingillari oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, qizgʻish-koʻk. Eti muskat hidli, shirador; Hosili faol harorat 2800°-3200° boʻlganda 140-160 kunda pishib yetiladi (sentabr oʻrtalarida), tarkibidagi qand 25-26% ga yetadi. Hosildorligi 90-100 s/ga. Toki suvsizlikka chidamsiz. Aleatiko oʻtloqi va soz tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Raga bilan zararlanadi, kul kasalligiga chidamliligi oʻrtacha[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil