Kontent qismiga oʻtish

Tovuq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uy tovuqlaridan yoʻnaltirildi)
tovuqlar

Tovuq, uy tovuqlari — tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda, qishloq xoʻjaligi. parrandalarining eng koʻp tarqalgan turi. 5 ming yil muqaddam Hindistonda qoʻlga oʻrgatilgan yovvoyi bankiv tovugʻidan tarqalgan. Tovuqlarning oʻziga xos xususiyati — boshlarida qizgʻish toji, quloq solinchagi, oyoklari (xoʻrozlarida) pixining mavjudligidadir. Patlarining rangi har xil, koʻpincha, oq. Koʻpchilik Tovuq zotlarining tumshugi va oyoq kafti sariq, qisman oqqizgʻish, qora va boshqa boʻladi. Tuxum poʻchogʻi oq yoki och qoʻngʻir.

Beradigan mahsulotiga qarab. Tovuqlar tuxumdor (serpusht), tuxumdorgoʻshtdor (tuxumgoʻsht uchun boqiladigan) va gushtdor zotlarga ajratiladi. Shuningdek, Tovuqlarning dakang (urishqoq) va kurkam turlari (sanoat ahamiyati yoʻq) ham bor.

Tovuqlar tashqi kurinishi va tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Serpusht Tovuqlar kichkina, tez voyaga yetadigan, tuxumdorgoʻshtdor Tovuqlar yirikroq boʻlib yaxshi rivojlanadi. Goʻsht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht Tovuqlar 1,7—2,2 kg, xoʻrozlari 2,7—3,0 kg, tuxumdorgoʻshtdorlari 2,5—4,0 kg, goʻshtdorlari 3,0—4,5 kg goʻsht beradi. Serpusht zotlar yiliga 220—250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Zotdor Tovuqlar seleksiya yoʻli bilan koʻpaytirilganda serpusht boʻladi. Tovuq 5—6 oylikdan tuxumga kiradi. Dastlabki tuxumi 40—50 g, 1 yoshga yaqinlashgach, 55—65 g. Tuxumdorgoʻshtdor zotlar tuxumi mayda. Tovuq tullaganda tuxum qilmaydi. Tullash 2—3 hafta, baʼzilarida 2 oy va undan ortiq davom etadi.

Tovuq 10 yilgacha tuxum qilishi mumkin (10—12 yil umr koʻradi). Sanoat maqsadida tuxum yetishtiriladigan xoʻjaliklarda Tovuqlar tuxumga kirgandan keyin ularni faqat bir yil saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxum Tovuqning yoshiga qarab, yiliga 10— 15% kamayadi, naslchilik xoʻjaliklarida faqat sermahsul Tovuqlar 2—3yilga qoldiriladi. Boqilayotgan nasldor Tovuqlarning 50—60% 1 yoshga yetmagan, 30— 35% 2 yoshli va 10% 3 yoshli boʻladi. Joʻja ochirishga tuxum olishda 8—12 ta tovuq uchun 1 ta xoʻroz qoʻyiladi. Xoʻrozlar 2—3 yil saqlanadi. Joʻjalar inkubatorov ochiriladi. Tovuq parrandaxonalarda don, sabzavot, mineral oziqala^, vitamin va boshqa bilan boqiladi.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi. ilmiyi. ch. markazining Parrandachilik ilmiy markazida seleksiyaning yangi va jadal usullarini amalda qoʻllab, Tovuqlarning yuqori mahsuldor, yiliga 240—250 (duragaylari 270) donadan tuxum kiladigan, kasalliklarga chidamli va mahalliy sharoitga moslashgan ikki tizimli "Oʻzbekiston" krossi (Oʻz1 va Oʻz2 tizimlari, Oʻz12 duragaylari) yaratiladi (2002).

Oʻzbekiston parrandachilik xoʻjaliklarida tuxumgusht yunalishidagi leggorn, nyuxemshir, rodaylend, tovuk, zotlari, broyler yetishtirish uchun kornish, plimutrok zotlari urchitiladi.

Oʻrtacha tovuq zotiga qarab 5-10 yil yashashi mumkin. [34] Ginnesning rekordlar kitobiga koʻra, dunyodagi eng keksa tovuq 16 yil yashagan


Go'sht va tuxum manbai sifatida har yili 50 milliarddan ortiq tovuq boqiladi.  Birgina Qoʻshma Shtatlarda har yili goʻsht uchun 8 milliarddan ortiq tovuq soʻyiladi  va tuxum yetishtirish uchun 300 milliondan ortiq tovuq boqiladi.  Parrandalarning katta qismi zavod fermalarida boqiladi . Worldwatch instituti ma'lumotlariga ko'ra , dunyodagi parranda go'shtining 74 foizi va tuxumning 68 foizi shu tarzda ishlab chiqariladi.  Intensiv parrandachilikning muqobil varianti erkin dehqonchilikdir.