Kontent qismiga oʻtish

Uychi tumani

Koordinatalari: 41°1′46″N 71°50′54″E / 41.02944°N 71.84833°E / 41.02944; 71.84833
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uychi Tumanidan yoʻnaltirildi)
Uychi tumani
Уйчинский районa
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Uychi
Hokim Shuxratjon Musayev [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Uychi tumani xaritada
41°1′46″N 71°50′54″E / 41.02944°N 71.84833°E / 41.02944; 71.84833

Uychi tumani 1935-yil iyun oyida tashkil topgan. Tumanning umumiy maydoni 309,8 kv km. Aholisi 184 ming 47 nafar. Tuman markazi Uychi shaharchasi boʻlib, u Namangan-Uchqoʻrgʻon avtomagistral yoʻlida joylashgan.

Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik. Shimoli-sharqiy qismi adirlardan iborat. Iklimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 2,3°, eng past temperatura — 26°. Iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 26,3°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin 188 mm, vegetatsiya davri 280—290 kun. Tuman hududidan Norin daryosi, Shimoliy Fargʻona va Katta Namangan kanallari oqib oʻtadi. Tuproklari, asosan, och tusli boʻz va allyuvial tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, ajriq, pechak, shoʻra, adirlarda shuvoq oʻsadi. Qushlardan qaldirgʻoch, bulbul, bedana, gʻurrak, qargʻa, sassiqpopishak; sudraluvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, kemiruvchilardan yumronqoziq, kalamush, sichqon va boshqa bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qisman, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 555 kishi.

Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligidir. Paxtachilik, gʻallachilik yetakchi oʻrinda. Sanoat korxonalaridan „Ipakchi“, „Yigiruvtoʻquv“, „Notoʻqima mato“ korxonalari, paxta tozalash zavodi, „AlJahon“ Oʻzbekiston—Xitoy choy qadoqlash qoʻshma korxonasi mavjud. 900 dan ziyod kichik korxona bor. Tumanda irrigatsiya oʻrmon xoʻjaligi, davlat oʻrmon xoʻjaligi, Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituta filiali, koʻchat yetishtirish xoʻjaligi mavjud. Tuman hududidagi 256 km yoʻldan 78 km viloyat va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan transport yoʻllaridir. Toshkent—Andijon temir yoʻl ham tuman hududidan oʻtgan.

Tumanda 13 shirkat, 203 fermer, 1 tajriba xoʻjaligi, burdoqichilik bazasi, parrandachilik fabrikasi fermasi, viloyat naslchilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 20,7 ming ga, ekinzorlar 14,9 ming ga, shu jumladan, 8,1 ming ga yerga paxta, 5,5 ming ga yerga gʻalla, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz hamda turli xil ekinlar ekiladi. Tuman jamoa va xususiy xoʻjaliklarvda qoramol, koʻy, parranda boqiladi.

46 umumiy taʼlim maktabi, 1 maxsus maktabinternatda 42,4 ming oʻquvchi, 4 kasb xunar kollejida 2,6 ming talaba taʼlim oladi. 34 jamoat kutubxonasi, 46 maktab kutubxonasi, 4 kasbxunar kollejlari kutubxonasi boʻlib, ularda 545,5 ming kitob bor. Madaniyat saroyi, 14 qishloq madaniyat uyi, Xalq muzeyi, 6 Xotira va kadrlash uyi, 1 madaniyat va istiroxdt bogʻi mavjud. Tumanda sportning 14 turi boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi. Sport majmuasi, „Sogʻlom avlod“ sport markazi, bir qancha stadion, sport maydonchalari bor.

Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, 4 qishloq uchastka kasalxonasi, 13 qishloq vrachlik punkta, bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, sil kasalligiga qarshi dispanseri, 4 vrachlik ambulatoriyasi ishlab turibdi. Statsionarda oʻrinlar soni 910. Ularda 262 vrach, 1436 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Har 10 ming aholiga 15,4 vrach toʻgʻri keladi. Tuman hududida qad. Devonabobo ziyoratgohi joylashgan. 1935-yil 20-martdan „Uychinoma“ tuman gaz. chiqadi.

Murodilla Haidarov, Hamidullo Mirzaahmedov. Uychi tumani maxsus internat maktabi binosi.

Tuman geografik joylashishi boʻyicha sharqdan Uchqoʻrgʻon tumani bilan, janubdan Norin va Namangan tumanlari bilan, gʻarbdan Namangan shahri bilan, shimoldan Chortoq tumani bilan hamda shimoliy-sharq tomondan 14,2 km masofada Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaralanadi. Tuman xududida 7 ta qishloq 3 ta shaharcha boʻlib, qishloqlarda 130,6 ming, shaharchalarda esa 53,4 ming kishi yashab kelmoqda. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. 1 kv. kmga 572 kishi toʻgʻri kelmoqda, oʻzbeklar 182,4 ming kishi, Qirgʻizlar 1,3 ming kishi, ruslar 57 kishi, tatarlar 112 kishi, tojiklar 38 kishi, qrim tatarlar 61 kishi, ukrainlar 5 kishi, moldavanlar 4 kishi, qozoqlar 7 kishi va boshqa millatlar 22 kishini tashkil etadi. Aholi soni jihatidan Uychi tumani, viloyatda tumanlar oʻrtasida ikkinchi oʻrinda turadi. Tumandagi 5 ta asosiy sanoat korxonalari mavjud boʻlib, ular tomonidan asosan ipak, bʼyaz, paxta tolasi, notoʻqimamato, temir beton buyumlari va har hil turdagi xalq isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. 2007-yilda tumanda fermer xoʻjaliklari soni 686 taga yetdi. Bundan tashqari tumanda 1 ta parrandachilikka ixtisoslashtirilgan xissadorlik jamiyati mavjud.[2]

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ll
  2. "Uychi tumani" OʻzME. U-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil