Kontent qismiga oʻtish

Uygʻur yozuvi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uyg'ur yozuvidan yoʻnaltirildi)

Uygʻur yozuviSharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harftovush yozuvi; sugʻd yozuvi asosida paydo boʻlgan (sugd yozuvi, oʻz navbatida, qoz. ilmiy taxminlarga kura, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib taqaladi). Dastlabki yozma yodgorliklari 8-asr ga mansub. Uygʻur yozuvi da xarflar vertikal chiziq boʻylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan oʻngga tomon joylashtirilgan. Harfning soʻzdagi oʻrniga (boshi, oʻrtasi, oxiriga) qarab tegishli oʻrinlarda uning alohida shakllari qoʻllangan. Diniy asarlar, odatda, qatʼiy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan.

Uygʻur yozuvi 9—13-asrlarda budda diniga sigʻinuvchi turkiy qabilalar oʻrtasida kengtarqalgan. Ushbu qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv astasekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin Uygʻur yozuvi budda ibodatxonalarida 18-asrda ham qoʻllangan. 18-asr da Uygʻur yozuvi moʻgullar tomonidan oʻzlashtirilgan va hozirgi ham mavjud boʻlgan moʻgʻul yozuvi shakllangan; Uygʻur yozuvi asosida manjur yozuvi xam yaratilgan.