Oʻzbek qizi
Oʻzbek qizi | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Akbar Bekturdiyev |
Prodyuser(lar) |
Firdavs Abduxoliqov Feruza Bekturdiyeva |
Rollarda |
Aysanem Yusupova Feruza Saidova Yigitali Mamajonov Oleg Taktarov Sergey Lapanitsin Milana Ivanova Yigitali Mamajonov |
Kinematografiya |
Husan Alijonov Maksim Kurovskiy |
Studiya(lar) |
“Sinema of Sentral Asia» "Parason Prodakshn" |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | Oʻzbek tili |
Oʻzbek qizi — Akbar Bekturdiyevning Ikkinchi jahon urushi Sharqiy frontida Qizil Armiya safida boʻlgan oʻzbek mergan qizi haqidagi harbiy dramasi. Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Cinema of Central Asia“ kinokompaniyasi tomonidan Belarus kinoijodkorlari ishtirokida suratga olindi[1].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harbiy qurol yarogʻ maktabi bitiruvchisi, 18 yoshli snayperchi Jamila (Aysenem Yusupova) Belorussiyadagi Kalinin frontida koʻngilli jangchi boʻlib xizmat qiladi, chunki uning sevgilisi urush frontlarining birida jang qilayotgan edi. Jamila jangovar tayyorgarlikdan oʻtadi va jarayonlarda toʻliq toblanadi. U barcha mashaqqat va qiyinchiliklarga bardosh beradi va mardonavor kurashadi, lekin yarador boʻlib, nemislar tomonidan asirga tushadi. Voqealar rivojida Jamila oʻz sevgilisini topadi, U yigit, maʼlum boʻlishicha, uch tomonlama agent boʻlib, natsistlar ortida maxfiy ishlaydi. U Jamilani qutqarib, uni oʻrmon boʻylab yashirincha olib oʻtadi, u yerda bularni Belarus partizanlari toʻxtatadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan „Sinema of Sentral Asia“ studiyasi va Belarus Respublikasining „Parason Prodakshn“ studiyasi yordamida suratga olinmoqda[2].Bosh qahramon Jamila obrazi sovet mergani Zebo Gʻaniyeva[3] edi. Zebo Gʻaniyeva 1923-yilda Ozarbayjonning Shamaxa shahrida dunyoga kelgan. Uning otasining millati ozar, onasining millati esa oʻzbek boʻlgan[4]. Bosh qahramon prototipi haqida gapirganda filmning ikkinchi rejissyori Baxriddin Aynazarovning fikricha, mergan Jamila Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan yuzlab ayollarning umumiy obrazidir deya taʼkidlaydi. Filmni suratga olish boshlanishidan oldin bosh rol ijrochisi Aysenem Yusupova qoʻl jangi texnikasini puxta egallashi, sovuq qurollar va snayper miltigʻini boshqarishi kerak edi. Suratga olish jarayonining katta qismi Belarusiyada boʻlib oʻtdi: „Zabroddie“ muzey-koʻchasida va Belarus oʻrmonlarida boʻlib oʻtgan. Filmni suratga olish ishlari yakunlangani 2023-yil yanvar oyi boshida eʼlon qilindi.
Ijodiy guruh
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Postanovkachi rejissyor: Akbar Bekturdiev
- Bosh produsser: Firdavs Abduxoliqov
- Operatorlar: Husan Alijonov
Maksim Kurovskiy - Postanovkachi rassomlar: Akmal Saidov
Vitaliy Grigorevich - Kostyumer: Natalya Odinsova
- Grimyorlar: Galina Ivanova
Nadejda Kolyosova - Ekshn: Roman Korolev
- Art prodyuserlar: Fayzirahmon Usmonov
Yuriy Ivanov[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Продолжаются съемки фильма «Узбечка»“. https://uza.uz/ru/. UZ.A. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
- ↑ „O`zbek va belaruslik ijodkorlar hamkorligida “O`zbek qizi” filmi suratga olinmoqda“. https://darakchi.uz/index.php/oz/117591. Darakchi.uz. 2023-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
- ↑ „По заказу «Узбеккино» будет снят фильм о снайпере Зебо Ганиевой“. https://yuz.uz/ru. Yangi O'zbekiston. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
- ↑ „Snayper-qiz: fashistlarni qirgan o‘zbek qizi haqida kino olinadi“. https://www.xabar.uz/uz. xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
- ↑ „«O‘zbek qizi» badiiy filmini tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi“. https://kknews.uz/oz/. KRIA. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb sayt (Wayback Machine saytida 2023-02-20 sanasida arxivlangan)