Kontent qismiga oʻtish

Uzluklilik va uzluksizlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uzluklilik Va Uzluksizlikdan yoʻnaltirildi)

Uzluklilik va uzluksizlik - materiyaning tuzilishi hamda rivojlanishi jarayonini ifodalovchi falsafiy kategoriyalar. Uzluklilik materiyaning fazo va vaqtda tuzilishi va holati, uning elementlari, koʻrinishlari va yashash shakllari, harakati va rivojlanishi jarayonining "donadonaligi" (diskretligi)ni biddiradi. U rivojlanish jarayonidagi materiyaning boʻlinish xususiyati va maʼlum darajada ichki differensiatsiyalanishi hamda uning tarkibidagi barqaror elementlar, muayyan sifatlarga ega boʻlgan tuzilmalar (mas, elementar zarralar, yadrolar, atomlar, molekulalar, organizmlar, sayyoralar va boshqalar)ning nisbatan mustaqil mavjudligiga asoslanadi.

Uzluksizlik esa, aksincha, maʼlum darajada murakkab sistemalar tarkibidagi elementlarning birligi, oʻzaro bogʻlanishi va birbirini taqozo qilishini bildiradi va muayyan obʼyektning nisbiy barqarorligi va boʻlinmasligiga asoslanadi. Har qanday predmet yoki jarayonning strukturasi U. va u.ning birligi sifatida namoyon boʻladi. Ularning birligi turli hodisalarning rivojlanish jarayoni uchun ham xosdir. Bunda uzluklilik muayyan sistemaning yangi sifatta oʻtishini bildirsa, uzluksizlik uning nisbiy turgʻunligini, maʼlum meʼyor doirasida boʻlishini bildiradi. U. va u.ni birbiridan ajratish, ularni birbiriga qarshi qoʻyish yoki birortasining ahamiyatini boʻrttirib yuborish ularning oʻrtasidagi birlik, oʻzaro bogʻlanishning uzilishi, yoʻqolishiga olib keladi.