Kontent qismiga oʻtish

Chivinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uzun Mo`ylovli Ikki Qanotlilardan yoʻnaltirildi)
Pashshalar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Sariq bezgak chivini Aedes aegypti vakillari, chapda erkak, markaz va oʻngda urgʻochilari.

Pashshalar (Nematocera) – ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi[1]. 20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Koʻpchilik chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Asosan, lichinkalik davrida oziqlanadi[2]. Lichinkasining ogʻiz apparati kemiruvchi tipda. Chivinlar suvda, nam tuproqda, oʻsimliklar toʻqimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan chivinlar havoda hayot kechiradi, kamdan-kam turi (masalan, yapon dengiz chivini)ning barcha rivojlanish fazasi suvda oʻtadi. Chivinlarga gʻurra yasarlar, zamburugʻ chivinlari, uzunoyoq chivinlar, jarangdor chivinlar, qon soʻrar chivinlar, zahkashlar, iskaptoparlar, bukri pashshalar va boshqa oilalar kiradi. Chivinlar oʻsimlik toʻqimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziqlanib zarar keltiradi[3]. Qon soʻradigan chivinlar turli yuqumli kasalliklarni (masalan, bezgak, leyshmanioz) tarqatadi. Chivinlar hasharotxoʻr hayvonlar (qushlar, koʻrshapalaklar)ning, ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston faunasida haqiqiy chivinlar (25 ga yaqin tur), bukri chivinlar (51 tur), zahkashlar (60 tur), iskabtoparlar (17 tur) keng tarqalgan[4].

  1. Виноградова Е. Б., Карпова С. Г.. Сезонные и суточные ритмы кровососущих комаров. СПб.: Зоологический институт РАН, 2010. ISBN 978-5-98092-092-6. 
  2. Шарков А. А.. Кровососущие комары (Diptera, Culicidae) Мурманской области. Петрозаводск: Изд-во "Карелия", 1980. 
  3. Кухарчук Л. П.. Экология кровососущих комаров (Diptera, Culicidae) Сибири. Новосибирск: Наука, 1981. 
  4. Николаева Н. В.. Экология личинок кровососущих комаров Южного Ямала. Свердловск: Уральский НЦ АН СССР, 1980.