Kontent qismiga oʻtish

Vaqt mashinasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vaqt mashinasi (roman)dan yoʻnaltirildi)
Vaqt mashinasi
Muallif(lar) H. G. Wells
Muharrir(lar) Ilhom Salimov
Tarjimon(lar) Javlon Qodirov
Mamlakat Buyuk Britaniya
Til Ingliz tili
Janr(lar)i Ilmiy fantastika
Nashr etilgan sanasi 1895-yil
Nashriyot "Heinemann"
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1895-yil

"Vaqt mashinasi" (inglizcha: The Time Machine) — ingliz yozuvchisi Herbert Wellsning dastlabki ilmiy-fantastika janridagi romani. „Vaqt mashinasi“da zamonlararo sayohat va unda vaqt mashinasidan foydalanish gʻoyasi birinchilardan boʻlib ilgari surilgan. Keyinchalik bu mavzu boshqa adib va yozuvchilar tomonidan rivojlantirilgan va xronofantastika janrining yuzaga kelishiga asos boʻlgan.

Asarning katta qismida bosh qahramon, zamonlararo sayohatchi tushib qolgan kelajakdagi (802 701-yil) dunyo tasvirlanadi. Mazkur dunyodada tasvirlangan oʻziga xos antiutopiyada ilm-fan taraqqiyoti va ijtimoiy tengsizlik insoniyatning inqiroziga olib keladi. Kitobda insoniyat evolutsiya oqibatida ikki alohida tur-morloklar va eloilarga boʻlinib ketishi tasvirlanadi.

Muallif bosh qahramon nomidan mazkur kelajakda oʻtkazilgan sakkiz kunni tasvirlaydi. Kelajakka tushib qolgan Sayohatchi dastlab eloilarga duch keladi va morloklarning mavjudligidan shubhaga bormay, mashinani oq sfinks ostida qoldiradi va eloilar bilan muloqotga kirishish harakatiga tushadi. Bir paytning oʻzida u yangi insoniy jamiyatning tuzilishi va mohiyati haqida oʻy sura boshlaydi va Yerdagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot toʻxtagan va insoniyat mutlaq sokinlikka va turgʻunlikka erishgan, degan yuzaki xulosaga keladi.

Orada yoʻqotilgan intellektual salohiyatga qaramay, texnikaga va unga xizmat koʻrsatishga nisbatan sof mexanik qiziqishni yoʻqotmagan morloklar oq sfinks haykali ostida mashinani topib olishadi va uni haykalning boʻsh fundamentidagi kameraga yashirib qoʻyishadi. Bundan xabar topgan sayohatchi deyarli aqldan ozib qolay, deydi, lekin mashinaning oʻz-oʻzida gumdon boʻlishi mumkin emasligini va uni kimdir oʻgʻrilaganini anglaydi va uni qaytarishga umid qila boshlaydi. U mashinaning oq sfinks fundamenti ostidagi xonaga olib borilganini maysadagi izlardan aniqlaydi, lekin eloilardan bu haqda biror narsa bilib olishga urinishlar butkul tushunarsizlik bilan qabul qilinadi.

Bu orada sayohatchi eloilardan biri — Vinani daryoda choʻmilish paytida gʻarq boʻlishdan qutqarib qoladi va u bilan hamroh tutinadi.