Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Vernadskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vernadskiy Vladimir Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Vladimir Vernadskiy
Tavalludi 28 fevral (12-mart) 1863
Vafoti 6-yanvar 1945[1][2]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Republic, Russian Socialist Federative Soviet Republic, SSSR va Ukrainian People's Republic
Otasi Ivan Vernadsky
Onasi Anna Petrovna

Vernadskiy Vladimir Ivanovich [1863.28.2 (12.3), Peterburg - 1945.6.1, Moskva] — tabiatshunos, mineralog va kristallograf; geokimyo, biogeokimyo, radiogeologiya va biosfera asoschilaridan biri. Rossiya FA Akademik (1912), Ukraina FA tashkilotchisi va birinchi prezidenti (1919), Chexoslovakiya (1926) va Parij (1928) FA aʼzosi. Moskva universiteti professor (1898-1911). V. oʻz tadqiqotlarida katta amaliy ahamiyatga ega bulgan yirik ilmiy muammolar: silikatlarning tuzilishi, nodir va tarqoq elementlar geokimyosi, radioaktiv minerallarni qidirib topish, geokimyoviy jarayonlarda organizmlar roli, togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash va b.ni ilgari surdi; minerallarning kelib chiqishida yangi evolyutsion nazariyani (genetik mineralogiyani) ishlab chiqdi. V. radioaktiv moddalar ahamiyatini aniqladi (1911). V. biosfera kimyoviy elementlarning toʻplanishi, almashinishi va tarqalishida organizmlarning rolini, biosfera inson mehnati va u qoʻlga kiritgan ilmiy muvaffaqiyatlar tufayli asta-sekin yangi holat — noosferaga oʻtishini birinchi boʻlib koʻrsatib berdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. // (unspecified title)
  2. (unspecified title)