Kontent qismiga oʻtish

Kampilobakterioz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vib Riozdan yoʻnaltirildi)

Kampilobakterioz, v i b r i o z— hayvonlarda uchraydigan yuqumli infeksion kasallik. Asosan, qoramol va qoʻylar kasallanadi, choʻchqa, echki, tovuklar va odamga yuqishi mumkin. Kasallik hayvonlar jinsiy organlari zararlanishi bilan kechadi. Infeksiya jinsiy organlarning shilliq pardasida boʻlib, hayvonlarni qochirish vaqtida, shuningdek, toʻshama, ozuqa va b. orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi — Campylobacter fetus (vibriofetus) veneralis hisoblanadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida qayd qilingan.

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi 1903—13-yillarda topilgan. Kasal haivon qisir qoladi va sutdan chiqadi, oriqlaydi, boʻgʻoz boʻlsa bola tashlaydi, bolasi koʻpincha oʻlik tugʻiladi, tirik tugʻilgani 1—2 kunda oʻladi, yoʻldoshi koʻp hollarda tushmaydi, qon va yiring aralash shilliq suyuqlik chiqib turadi. Erkak hayvonlarda urugʻdoni yalligʻlanadi. Kasallik klinik, epizootologik, bakteriologik, serologik maʼlumotlarga asosan aniqlanadi.

Davolash: kasal qoramollarga streptomitsin, penitsillin, bitsilin va b. dorilar beriladi, 3 marta ketmaket urugʻlantirilgandan keyin boʻgʻoz boʻlmagan sigir hamda gʻunajinning bachadoniga (kuyikish vaqtida), buqalarning preputsiya boʻshligʻi va mushak oraligʻiga (3—4 kun qatorasiga) antibiotik yuboriladi. Davolangandan soʻng bir oy oʻtgach, buqalarning spermasi va preputsiya shilligʻi tekshirilib, ularning tuzalganligi aniqlanadi. Kasal qoʻylar ham antibiotiklar bilan davolanadi. Bundan tashqari, qoʻy bachadoniga kaliy permanganat eritmasi yuboriladi.

Oldini olish: hayvonlar sinchiklab tekshiriladi, kasallangan hayvonlar ajratib, alohida boqiladi, davolanadi, sunʼiy qochirish usulidan foydalaniladi, nosogʻlom xoʻjaliklar dezinfeksiya qilinadi.

  • Shopoʻlatov J., Burxonova H., Jiyanov Ya ., Epizootologiya va mikrobioloshya asoslari, T., 1991; Parmonov M., S ayilkulov B., Parmonov J., Epi fooiojioi mya. T., 1996.

Hoshim Nurmamatov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil