Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Bot

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vikipediya:Bot policydan yoʻnaltirildi)

Vikipediyada Bot („robot“ soʻzining qisqartmasi) — qoʻlda bajarilishi koʻp vaqt talab qiladigan, bir xil tipli boʻlgan amallarni bajarish uchun maxsus dastur.

Oʻzbek tilidagi boʻlimda botlarning ishlashiga ruxsat etilgan, lekin bot egalari oʻz imkoniyatlariga masʼuliyatli yondoshishlari kerak. Hozirgi kunda botlardan odamlar turli maqsadlarda foydalanishmoqda. Botlar asosan odamlarning kundalik tarzda takrorlanib turadigan ishlarini qisman bajarib turishga va yengilliklar yaratishga qaratilgan. Har bir bot alohida hisob yozuviga va oʻz egasining sahifasiga havolaga ega boʻlishi kerak, shuningdek bot nomi „EgasiNomiBot“ formatida boʻlishi maqsadga muvofiq. Shuningdek foydalanuvchi-botning sahifasida toʻldirilgan {{bot}} andozasi boʻlishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari: Botlar turli xil dasturlash tillarida yaratilishi mumkin.Bunga bir qancha misollar qilib: Python, Java, C++, PHP va yana bir qancha dasturlash tillarini keltirishimiz mumkin bo'ladi. Botlar haqida yanada chuqurroq o'rganadigan bo'lsak: Botlarning foydalanuvchilari ko'p yoki kamligiga qarab ularning ishlashi tez yoki sekin bo'lish ehtimollari mavjud. Bunday muammolarni yechish uchun dasturchilar turli hil tartiblash algoritmlari(Ingilizchada:sorting algarithms) dan keng foydalanilanishadi.

Botlar oʻz tahrirlari bilan yangi oʻzgarishlar sahifasini toʻldirib yubormasligi uchun ularni roʻyxatdan oʻtkazish kerak. Botni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Vikipediya:Bot statusiga soʻrovlar sahifasida soʻrov qoldiring.

Interfeyslar va botlar

[manbasini tahrirlash]
  • Pywikipedia — Python tilidagi Vikipediya va Vikilugʻat (shuningdek MediaWiki loyihasining ixtiyoriy vikisi) uchun yaratilgan interfeys va botlar. Vikipediyadagi botlar uchun standart de-faktodir. Koʻpchilik funksiyalarni (turkumlash, andozalash, interviki, qidiruv, almastirish va sh.k.) bajarish uchun tayyor skriptlar toʻplamini taqdim etadi.