Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Maqolalarni nomlash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari iloji boricha oʻzbek tilidagi nufuzli manbalar asosida nomlanishi kerak. Agar maqola mavzusiga bir necha nom toʻgʻri kelsa, maqola nomi foydalanuvchilar orasidagi muhokama va kelishuvlar natijasida tanlanadi.

Maqola nomi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • taniqlilik (yaʼni nufuzli manbalarda eng koʻp uchraydigan),
  • tabiiylik (oʻzbekzabon foydalanuvchilar uchun),
  • aniqlik (yaʼni bitta maʼnoni bildiradigan),
  • qisqalik (maqola mavzusini anglash uchun yetarli darajada),
  • moslashtirilganlik (boshqa maqolalar nomlari bilan).

Vikipediya ishtirokchilari umumiy qoidalardan istisno tariqasida maxsus qoidalarni ishlab chiqishlari mumkin. Maxsus qoidalar konsensusga erishilgan holdagina qabul qilinadi va ushbu sahifada joylashtiriladi.

Maxsus qoidalar

[manbasini tahrirlash]

Vikipediya maqolalarini nomlashda quyidagilarga eʼtibor qilish zarur:

  • Faqatgina birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak. Maqola nomi ikki yoki undan koʻp soʻzdan iborat boʻlsa, faqat birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak (masalan: „Sharq falsafasi“, „Sharq Falsafasi“ emas). Istisno: atoqli otlar (masalan: Said Ahmad).
  • Sifatlar otlarga yoʻnaltirilishi kerak. Maqola nomi faqat ot turkumida boʻlishi kerak. Sifat turkumidagi soʻzlar ularning ot shakliga yoʻnaltirishi zarur (masalan, konservativ sahifasi konservatizm sahifasiga yoʻnaltiradi).
  • Geografik joy nomlarini imkon qadar oʻzbekchada yozish kerak. Agarda biror joy nomi oʻzbekcha adabiyotlarda qoʻllanilmagan boʻlsa yoki aniq bir oʻzbekcha yozilishi boʻlmasa va oʻsha joyning asl nomi lotin yozuvini ishlatadigan tilda boʻlsa, asl nomini maqolaga nom qilish kerak (masalan: Parij, lekin Ceánuri).

Kishilar ismlari

[manbasini tahrirlash]

Shaxsiyat haqidagi maqolalarni nomlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

  • Shaxsiyat ismlari transliteratsiyaga muhtoj boʻlsa, fonetik qoidalar va/yoki mavjud anʼanalarga binoan lotin yozuviga oʻgiriladi.
  • Lotin yozuvidagi ismlar lotin yozuviga transliteratsiya qilinmaydi (masalan, Bill Gates yoziladi, Bill Geyts emas). Shu qoidaga rioya qilib nomlangan maqolalarda maqolaning eng boshida ismdan keyin qavs ichida shaxsiyat ismining talaffuzini yozish kerak. Transliteratsiya qilib yozilgan ismdan tegishli maqolaga yoʻnaltiruvchi (inglizcha: redirect) ham qoʻyish zarur (masalan: Maykl JeksonMichael Jackson).
  • Boshqa tillardagi ismlar oʻzbekchalashtirilmaydi (masalan, Oliqsondir Poʻshqin emas, balki Aleksandr Pushkin).

Umumjahon Til Huquqlari Deklaratsiyasi 34-moddasiga binoan:

Har kim barcha jabhalarda oʻz ismini oʻzining tilida ishlatish, hamda lozim boʻlsa, boshqa yozuv tizimida oʻz ismining eng mos fonetik transkripsiyasini ishlatish huquqiga ega.[1]

Jugʻrofiy nomlar

[manbasini tahrirlash]

Xorijiy soʻzlar

[manbasini tahrirlash]
  1. „Universal Declaration of Linguistic Rights“ (inglizcha). unesco.org. — „Everyone has the right to the use of his/her own name in his/her own language in all spheres, as well as the right, only when necessary, to the most accurate possible phonetic transcription of his/her name in another writing system.“.