Kontent qismiga oʻtish

Viktor Jirmunskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Viktor Maksimovich Jirmunskiydan yoʻnaltirildi)
Viktor Maksimovich Jirmunskiy
Tavalludi
Viktor Mendelevich Jirmunskiy

21 iyul (2-avgust) 1891
Vafoti 31-yanvar 1971[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va SSSR
Kasbi Rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi
Otasi Mendel Zhirmunsky
Mukofotlari


Viktor Maksimovich Jirmunskiy 1891.21.7 (2.8), Peterburg – 1971.3.1, Leningrad – rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), akademik (1966). Peterburg universitetini tamomlagan (1912), Leningrad universiteti professor (1919—41; 1945—49), U rta Osiyo davlat universiteti professor, shu universitet huzuridagi tarix filologiya ilmiy tadqiqot instituta direktori, Toshkent davlat pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—44), sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti Leningrad boʻlimida hind-yevropa shoʻbasi mudiri (1957—71). Ilk asari nemis romantizmiga bagʻishlangan (1913), Sharq xalqlari eposi masalalariga oid „Oʻzbek xalq qaxramonlik eposi“ (H. T. Zarifov bilan hamkorlikda, 1947), „Alpomish haqidagi rivoyat va bahodirlik ertaklari“ (1960) kabi monografiyalar muallifi. Nemis tili tarixi va dialektologiyasi, turkiy tillar shevalarini qiyosiy oʻrganish masalalariga oid ilmiy ishlari bor[2].

  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Narodniy geroicheskiy epos, M. —L., 1962.