Kontent qismiga oʻtish

Lyudvig Vitgenshteyn

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vitgenshteyn Lyudvigdan yoʻnaltirildi)
Lyudvig Vitgenshteyn
Tavalludi 26-aprel 1889[1]
Vafoti 29-aprel 1951[2][1]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va Avstriya
Otasi Karl Wittgenstein
Onasi Leopoldine Wittgenstein
Imzosi

Lyudvig Vitgenshteyn (Wittgenstein) (1889.26.4, Vena - 1951.29.4, Kembrij) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi. 1929 yildan Angliyada yashadi, Kembrij universiteti professor (1939—47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rassedlan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chikdi. Vitgenshteyn "Mantiqiy-falsafiy risola" (1921) asarida oʻzi yaratgan sunʼiy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-koʻst,yaʼni oddiy (tabiiy) tiddagi koʻp maʼnoli soʻzlardan, mantiqiy noanikliklardan xoli. Vitgenshteyn tildan, ongdan tashqari obʼektiv reallik, borliq mavjudligini inkor etdi. Vitgenshteynning taʼkidlashicha, tildagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish falsafaning vazifasidir. Vitgenshteynning bu qarashlari lingvistik falsafa taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi.[3]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. "Vitgenshteyn Lyudvig" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil