Vladimir Nepomnin
Qiyofa
(Vladimir Yakovlevich Nepomnindan yoʻnaltirildi)
Vladimir Yakovlevich Nepomnin (1906.9.1, Dnepropetrovsk – 1978, Toshkent) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), tarix fanlari doktori (1962), professor (1963). Oʻrta Osiyo universiteti huquqshunoslik fakultetida (1934— 36), partiya ishlarida (1937-45) ishlagan. „Pravda vostoka“ gazeta muharriri (1946—48), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori (1948-51), direktor oʻrinbosari (1951—57), Toshkent Davlat Universiteti kafedra mudiri (1965—70). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning 20-asr 1-yarmi tarixiga bagʻishlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |