Kontent qismiga oʻtish

Vojid Alixon Hindistoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vojid alixon hindistoniydan yoʻnaltirildi)

Vojid alixon hindistoniy (19-asr, Hugli bandargohi, Bengaliya) — qomuschi olim. Otasi adib, asli tur-kistonlik boʻlgan. V. A. H. 12 yoshidayoq turli ilmlardan xabardor boʻlgan. 15— 16 yoshlarida sayohatga chiqib, bilimlarini oshirgan, soʻng mudarrislik qilgan. Asosiy asari 2 jildli "Matla ul-ulum va majma ul-funun" ("Ilmlar boshi va fanlar majmuasi", 1846) qrmusidir. 1-jild ("Matla ul-ulum") da fanlar asosi, ularning paydo boʻlishi va rivojlanish tarixi bayon qilingan. 2- jild ("Majma ul-funun") da qimmatli amaliy maʼlumotlar, jumladan Markaziy Osiyo xattotlik, musavvirlik, kandakorlik, duradgorlik, koʻnchilik, muqovasozlik va b. kasblar haqida maʼlumot toʻplangan. Har jildning maxsus bobida musiqa (xususan, hind va fors musiqa anʼanalari) haqida fikr yuritilgan. V. A. H. Xorazmga kelib mudarrislik qilgan, uning asari toshbosma tarzida (Kanpur, 1889; Lakxnau, 1908 va b.) Turkistonda keng tarqalgan. Asarlari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutida saqlanmokda (inv. NN 8787, 6817, 6818, 2838, 5250).

Ld.:Avedova N. A., Svedeniya o texnike jivopisi v ensiklopedii Vajida Ali, v kn.: Iz istorii jivopisi Sredney Azii. Traditsii i novatorstvo, T., 1984.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil