Kontent qismiga oʻtish

Hakim Berdiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xakim Berdievdan yoʻnaltirildi)
Hakim Eshbaevich Berdiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-may 1938-yil (1938-05-10) (86 yosh)
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻi,
Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi OʻzbekistonOʻzbekiston
Taʼlim Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960)
Ilmiy unvoni muhandis-mexanik
Mukofotlari

Hakim Eshbaevich Berdiyev — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 24-fevraldan 1993-yil 13-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yil 10-mayda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻida tugʻilgan.

1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutini tamomlagan.

1962-yildan 1991-yilgacha KPSS aʼzosi hisoblangan. 1960-yildan (9 yil davomida) Sherobod tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan. 1969-1985-yillarda — Surxondaryo viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1985-yilda Sherobod RK KPU birinchi kotibi, 1989-yilda esa KPU Surxondaryo viloyat komiteti birinchi kotibi boʻlib ishlagan[1].

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yildan 1993-yil 15-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi boʻlgan.

1993-yil 15-aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi etib tayinlangan[2][3].

  1. „БЕРДЫЕВ Хаким Эшбаевич | TsentrAziya“. centrasia.org. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  2. „Выпуск № 44 (22945) | Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  3. „Выпуск № 45 (22946) | Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.