Xalifa Xudoydod
Shayx Xudoydod, Xalifa Xudoydod ibn Toshmuhammad Azizon al-Buxoriy (XVIII asrning 1-choragi, Xorazm — 1801-yil iyun, Buxoro) — mashhur shayx, yassaviylik tariqatining yirik namoyandasi. U 16—17 yoshlarida ilm olish uchun Buxoroga kelgan va shu yerda yashab qolgan. Mir Arab madrasalarini tugatib, unda dare bergan. Koʻli Odina qishlogʻiga kelgan va bu yerda xonaqoh va masjid qurdirgan hamda yassaviylik tariqatining murshidi sifatida faoliyat olib borgan. Tarixchi Nosiruddin alHanafiynit yozishicha, 1785—86-yillarda Buxoro shahriga qaytib, bu yerda ham xonaqoh, Madrasa, sardoba (qarang Xalfa Xudoydod majmuasi) qurdirib, ularga vaqf ajratadi.
Shayx Xudoydod shariat va tariqat masalalariga oid qator asarlar yozgan.
Shayx Xudoydod asarlarining qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik intida saqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |