Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasidan yoʻnaltirildi)
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi
Qisqartma XOQ
Turi Notijorat tashkilot
Sanoat Sport
Maqomi Faoliyat yuritadi
Ishga tushgan sanasi 23-iyun 1894-yil
Joylashuvi Lozanna
Asoschi(lar)i Pyer de Kuberten
Prezidenti Tomas Bax
Aʼzolari 105 aʼzo, 45 faxriy aʼzo, 206 MOQ

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ; inglizcha: International Olympic Committee
fransuzcha: Comité international olympique) – olimpiaya harakatining oliy rahbarlik organi, hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro sport tashkiloti.

1894-yil P. De Kuberten tashabbusi bilan Olimpiada oʻyinlari oʻtkazishni boshqarib turish, bu oʻyinlarning ijtimoiy ahamiyati va obroʻsini koʻtarish, havaskorlik sportini rivojlantirishga va barcha mamlakatlar sportchilari oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan.

XOQ – doimiy ishlaydigan tashkilot, oʻz aʼzolarini turli mamlakatlardagi sport harakatining eng faol tashkilotchilari orasidan tanlab oladi. XOQ ijroiya qoʻmitasi prezident (8 yil muddatga saylanadi), uch vitse prezident va 5 nafar aʼzodan iborat. Olimpiada oʻyinlari xartiyasi – XOQning ustav hujjatidir. XOQ sessiyalari har yili oʻtkaziladi, olimpiada oʻyinlari boʻladigan yillarda – ikki marta: yozgi va qishki oʻyinlar vaqtida oʻtadi. Olimpiada oʻyinlari vaqtida XOQ musobaqalarni oʻtkazishga rahbarlik qilish huquqini xalqaro sport federatsiyalariga beradi.

XOQ hozirgacha 200 dan ortiq milliy olimpiada qoʻmitalarini (shu jumladan, 1993-yil Oʻzbekiston milliy olimpiaya qoʻmitasini tan olgan. XOQ qarorgohi Lozanna (Shveysariya) shahrida joylashgan.