Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro gimnastika federatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xalqaro gimnastika federatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 1881-yil
Joylashuvi ShveysariyaLozanna
Prezident Yaponiya Morinari Vatanabe
Aʼzolari 130 ta milliy federasiyalar
Vebsayti gymnastics.sport
Til(lar)i Ingliz, fransuz

Xalqaro gimnastika federatsiyasi ( fransuzcha: Federation Internationale de Gymnastique (FIG) yokiinglizcha: International Gymnastics Federation (IGF) — sport gimnastika turlari federasiyasi. Dunyodagi eng qadimgi sport federasiyasi sanaladi.

Ushbu tashkilot 1881-yil 23-iyulda Belgiya gimnastika assosiasiyasi prezidenti Nikolas Kuperus tashabbusi bilan Lejadagi (Belgiya)kongressda uchta davlat - Belgiya, Niderlandiya va Fransiya vakillarini birlashtirgan Yevropa gimnastika assosiasiyasi tashkil etildi. Shunday qilib, FIG eng qadimgi xalqaro sport federasiyasi hisoblanadi. Bora-bora a’zo mamlakatlar hududi kengayib boradi va Yevropa gimnastika assosiasiyasi kengayib, Xalqaro gimnastika federasiyasi (FIG) qayta tashkil etilfdi[1].

Gimnastika 1896-yilgi birinchi Olimpiada o‘yinlaridan buyon Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. FIG Xalqaro Olimpiya yozgi sport turlari federasiyalari assosiasiyasining a’zosi va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tan olingan[2].

Mazkur federasiya gimnastikachilarning chiqishlarini baholash qoidalarini belgilaydigan reglamentini ishlab chiqadi. Xalqaro gimnastika federasiyasiga yettita gimnastika yo‘nalishi bo‘lgan: sport gimnastikasi (erkaklar va ayollar), badiiy gimnastika, sport aerobikasi, sport akrobatikasi, batutda sakrash, parkur kiradi.

  1. „Международная Федерация Гимнастики (ФИЖ)“. 2011-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  2. Международная федерация гимнастики // Большая олимпийская энциклопедия: В 2 т. / Автор-составитель В. Л. Штейнбах. — М.: Олимпия Пресс, 2006.