Kontent qismiga oʻtish

Dinitroortokrezol

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xedolitdan yoʻnaltirildi)

Dinitroortokrezol, DNOK (dinok), sinoks, xedolit (C7H6N,O5) — qishloq xoʻjaligi ekinlarini kasalliklar, zararkunandalardan himoya qilishda, shuningdek, begona oʻtlarga qarshi kurashda qoʻllanadigan kimyoviy preparat. Hidsiz, sariq rangli kristall modda. 40% li kukun qolida ishlab chiqariladi. Suvda yaxshi eriydi. Insektitsid va fungitsid sifatida D. ihota daraxtzorlari, bogʻ, tokzorlarda qalqondorlar, shira tuxumlari, kana, kapalak gʻumbaklari, shuningdek, antraknozlar, ragʻa, kalmaraz qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar va b.ga qarshi kuzda (qishlashdan oldin) yoki erta baxrrda, kurtak paydo boʻlmasdan 1% li eritmasi purkaladi. Sarf normasi 4— 8 kg/ga (taʼsir etuvchi modda hisobida). Odam va hayvonlar uchun zahari kuchli; foydalanganda xavfsizlik texnikasiga qatiy rioya qilish kerak. Sirtdan taʼsir etadigan gerbitsid sifatida bedazorlarda zarpechakka qarshi qoʻllanadi (beda oʻrimidan 2—3 kun keyin sepiladi). Sarf normasi 35—50 kg/ga, ish suyukushgi — 400—500 l/ga. D.ni shu normada yoʻl boʻylari va uvatlardagi, sanoat inshootlari atrofidagi begona oʻt va zarpechakka qarshi ham sepish mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil