Kontent qismiga oʻtish

Kosta Xetagurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xetagurov Kostadan yoʻnaltirildi)

<Kosta Xetagurov (taxallusi, asl ism-sharifi Konstantin Levanovich Xetagurov), 1859.3(15).10, hozirgi Shimoliy Osetiya, Alagir tumani Nor qishlogʻi – 1906.19.3(1.4), Qorachoy-Cherkas viloyati Kosta Xetagurov qishlogʻi; Vladikavkazda dafn etilgan] – osetin shoiri va jamoat arbobi. Osetin adabiyotining asoschisi. Peterburgda oʻqigan (1881— 85). 1891-yil hukumat qarorlariga qarshi publitsistik maqolalari uchun 5 yilga Tver viloyatiga surgun qilingan. 1893-yil fevraldan „Severniy Kavkaz“ („Shimoliy Kavkaz“) gazetasida ishlab, chor hukumatining Kavkazdagi siyosatiga qarshi mafkuraviy kurash olib borganligi sababli 1899-yilda Xerson viloyatiga badargʻa etilgan. 1902-yil surgundan qaytgan. 1903-yilda ogʻir kasallikka chalinib, ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullana olmagan. Xetagurovning adabiy merosi lirik sheʼrlar, masallar, romantik va xajviy dostonlar hamda sheʼriy rivoyatlardan iborat. X.ning rus tilida yozgan sheʼrlari „Sheʼrlar“ (Stavropol, 1895), osetin tilida yozganlari esa „Iron fandir“ („Osetin sozi“, 1899) toʻplamlarida eʼlon qilingan. X. sheʼriy ijodining markazida osetin xalqining tarixiy takdiri bilan bogʻliq masalalar yotadi („Fotima“, 1889; „Sud oldida“, 1893; „Yigʻloki qoya“, 1894 dostonlari; „Kimdir“ etnografik ocherki). Xetagurovga qadar ham osetin tilida sheʼrlar yozilganiga qaramay, u gʻoyaviybadiiy va lisoniy jihatdan yuksak asarlari bilan milliy adabiyotga tamal toshini qoʻydi. Vladikavkazda X.ning uymuzeyi bor.