Xalqaro kooperativ alyansi
Xalqaro kooperativ alyansi, XKA — milliy va mintaqaviy kooperativlar uyushmalari va kooperativ federatsiyalari (matlubot, kredit, qishloq xoʻjaligi va boshqalar)ni birlashtiruvchi xalkaro tashkilot. BMTda maslahat maqomiga ega.
1895-yilda Londonda tashkil etilgan. Asosiy maqsadi barcha mamlakatlarda kooperatsiyalar rivojlanishiga yordam berish, kooperativ harakat tamoyillarini targʻib etish, turli mamlakatlardagi kooperativ tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, tinchlik va xavfeizlikni saqlashga yordam berish va boshqa XKA BMTning bir qator organlari va ixtisoslashgan tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. XKA qoshida xalqaro yordamchi qoʻmitalar qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari, sugʻurta, kredit, uyjoy, matlubot savdosi, i.ch. va hunarmandchilik kooperativlari muammolarini oʻrganish bilan shugʻullanadi.
XKA tashabbusi bilan 1923-yildan boshlab XKAga aʼzo mamlakatlarda har yili iyul oyining 1-shanbasi kooperativ tashkilotlar va korxonalar aʼzolarining xalqaro birdamlik kuni — Xalqaro kooperatsiya kuni tarzida nishonlanadi.
XKAning rahbar organlari — Kongress (3—4y.da bir marta chaqiriladi), Markaziy qoʻmita (har yili chaqiriladi), Ijroiya qoʻmita (XKA Prezidenti va 2 vitseprezidenti va 13 aʼzodan iborat). Kundalik ishlarga direktor va sekretariat rahbarlik qiladi. Shtabkvartirasi Jenevada.
XKA 2000-yil boshlarida 540 mln. aʼzodan iborat (76 mamlakat) kooperativ tashkilotlarini birlashtirdi. Oʻzbekistonni XKAda "Oʻzbekbirlashuv" taqdim etadi, 1992-yil oktabrda Yaponiyada oʻtkazilgan yillik sessiyasida Oʻzbekiston XKA aʼzoligiga qabul qilingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |