Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjalik nizolari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo'jalik Nizolaridan yoʻnaltirildi)

Xoʻjalik nizolari (Oʻzbekiston Respublikasida) -iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida taraflar oʻrtasida kelib chiquvchi kelishmovchiliklar. Yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolar Xoʻjalik nizolari bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarning subʼyektlari hisoblanadi. Xoʻjalik nizolarining quyidagi turlari mavjud: tuzilishi nazarda tutilgan shartnoma moddasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan kelib chiqqan boʻlib, hal etish uchun xoʻjalik sudiga topshirish haqida taraflar oʻzaro kelishgan ixtiloflar; shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi; mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi; majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli tarzda bajarilmaganligi; mulkdor yoki molmulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan molmulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga oid; mulkdorning yoki molmulkning boshqa qonuniy egasining huquklari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganlik; yetkazilgan zararni qoplash; shaʼn, qadrqimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi va boshqa nizolar, davlat roʻyxatiga olishni rad etganligi yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan shikoyat kabilar.

Xoʻjalik nizolarini, asosan, xoʻjalik sudlari koʻrib chiqadi. Xoʻjalik sudlarining vakolat doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (111modda) belgilab berilgan. Xoʻjalik nizolari, shuningdek, hakamlar sudita koʻrish uchun topshirilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi XPK, 25modda).