Kontent qismiga oʻtish

Shirkat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo'jalik Shirkatidan yoʻnaltirildi)

Shirkat, xoʻjalik shirkati – jismoniy va yuridik shaxslarning shartnoma asosida va hamkorlikda xoʻjalik faoliyati yuritish maqsadlarini koʻzlaydigan ixtiyoriy birlashmasi. Shirkat aʼzolari xoʻjalik shartnomasi asosida ish yuritadilar, unda shirkatning maqsadlari, shirkat mulkini barpo etishda aʼzolar ishtiroki va badal miqdori, olinadigan foydaning taqsimlanishi hamda shirkat tugatilganda mulkning oʻzaro taqsimlanishi, boshqarishda ishtirok etish huquqlari belgilab qoʻyiladi. Shirkat mulki hamisha Shirkat aʼzolarining hissaviy badallari negizida shakllanadi.

Mulkni barpo etish tamoyili Shirkat turiga bogʻliq. Muassislik shartnomasi va ustav shahrining taʼsis hujjatlari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar xoʻjalik hayotida shirkatning toʻliq shirkat, kommandit (aralash) shirkat turlari koʻproq tarqalgan. Toʻliq Shirkat xoʻjaliklarda yakka shaxslar yoki tadbirkorlar, tijorat tashkilotlari taʼsis shartnomasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun oʻz faoliyati va kapitallari bilan ishtirok etadilar. Shirkat majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli jami molmulk bilan birdamlikda javob beradilar. Ishtirokchilarning har biri boshqa huquqlar bilan bir qatorda korxonani boshqarishda ishtirok etadi va har bir shaxs bir ovozga ega boʻladi, har bir ishtirokchi faqat birgina toʻliq shahriga aʼzo boʻlishi mumkin. Mas, 1990-yillarning 2-yarmidan boshlab Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida sobiq kolxozlar – jamoa xoʻjaliklari yopiq Shirkat xoʻjaliklari – paychilar xoʻjaligi shakliga oʻtkazila boshladi va 1,4 mln.dan ortiq dehqonlar Shirkatdagi mulk egalariga aylandi (2004). Kommandit shirkat aʼzolari shirkat majburiyatlari boʻyicha oʻzining jami mol-mulki bilan javob beradigan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan bir qatorda javobgarligi qoʻshgan ulushi miqdori doirasida cheklanadigan bir yoki bir nechta qatnashchi (kommanditchi)lardan tashkil topadi.

Shirkatning tugatilishi xoʻjalik shirkatlari haqidagi qonunlarda va shahrining taʼsis shartnomasida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.