Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo'jandiydan yoʻnaltirildi)

Xoʻjandiy (14-asrning 2-yarmi Xoʻjand — 15-asr boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. X. haqida biografik maʼlumotlar saqlanmagan. Bizgacha uning "Latofatnoma" asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyshsht "Muhabbatnoma"siga nazira tarzida yozilgan. Doston oʻnta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan.

Tilar boʻlsang jahon ichra amorat.

Faqirlar koʻnglini qilgin imoratkabi misralarida insonparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. "Latofatnoma" 15-asr boshlarida oʻzbek sheʼriyatiga xos detallar va badiiy anʼanalar (ayniqsa, tajnis)ga boy, tili ommabop. Forscha, arabcha soʻzlar kam. Unda fikriy aniqlik va hissiy joʻshqinlik mujassam. Asar Oltin Oʻrda xonligida yaratilgan turkiy tildagi nodir adabiy asar boʻlib, oʻzbek adabiyotida nomanavislik janriga muhim hissa boʻlib qoʻshilgan.

  • Oʻzbek adabiyoti, 1j., T., 1959.