Kontent qismiga oʻtish

Xolida Xoʻjayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo'jayeva Xolidadan yoʻnaltirildi)

Xolida Xoʻjayeva (1916.1.1, Samarqand) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Moskva drama studiyasini tugatgan (1930). Studiyada Lazokat (L.Appoqova, "Qon va suv"), Nadya (D. Furmanov, "Isyon"), Martin (Molyer, "Zoʻraki tabib") kabi rollarni ijro etgan. 1930—33 yillar Buxoro teatri, 1933—87 yillar Hamza teatrida, 1987— 90 yillar Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktrisa. Ijroda bosiklik bilan eʼtiborni qahramon ichki kechinmalarini ochishga yoʻnaltirish X. ijodiga xos. Bu narsalar uning Halima (F. Zafariy, "Halima"), Laurensiya (Lope de Vega, "Qoʻzibuloq qishlogʻi"), Dilbar, Oʻlmas (K.Yashin, "Tormor", "Yondiramiz"), Xonzoda, Poshshooyim, Xolisxon (Hamza, "Boy ila xizmatchi", "Paranji sirlari"), Lyubov Yarovaya (K. Trenyov, "Lyubov Yarovaya"), Nina (M. Lermontov, "Maskarad"), Tatyana (M. Gorkiy, "Meshchanlar"), Xumorxon (Abdulla Qahhor, "Ogʻriq tishlar"), Shamsiqamar (M. Abliyev, "Shamsiqamar"), Gavharshod begim (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek"), Boʻston (S.Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Oynisa (Oʻ. Umarbekov, "Kuzning birinchi kuni") kabi rollari talkinida namoyon boʻldi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil