Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjagʻor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo`jag`ordan yoʻnaltirildi)

Xoʻjagʻor — soʻnggi paleolit davriga oid manzilgoh. Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qopqon qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1954—55 yillarda A. P. Okladnikov rahbarligida Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi oʻrgangan. X.da yashagan odamlar chaqmoqtoshdan qurollar yasaganlar. X.dan tosh parrakchalar, chaqmoqtosh uchirindilaridan yasalgan xilmaxil qirgʻichlar, teshgichlar, parmalar, nayzasimon qurollar va boshqa topilgan. Tezoqarsoy manzilgohning bir qismini yuvib ketgan.