Xalchaxon Mirzayeva
Xalchaxon (Xolchaxon) Mirzayeva | |
---|---|
Tavalludi |
1947-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | fermer |
Millati | oʻzbek |
Unvoni |
|
Xalchaxon (Xolchaxon) Mirzayeva (1947-yil, Kosonsoy tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSSR) – Oʻzbekiston Qahramoni. Atoqli oʻzbek fermeri. Mehnat faxriysi. Qishloq xoʻjaligi ilmining taniqli namoyandasi va jamoat arbobi.
„Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy unvoni (2007)[1], „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor“ faxriy unvoni (1992) va „Shuhrat“ medali (2002)[2] sohibasi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi[3].
Xalchaxon Mirzayeva qishloq xoʻjaligida 40 yildan ortiq mehnat qilgan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi sobiq „Moskva“ kolxozida, keyinchalik „Navro‘z“ shirkat xo‘jaligida ishlagan. Oʻzbekistonda fermerlik harakatiga keng yoʻl ochilishi bilan 2001-yilda birinchilardan boʻlib „Xaticha aya“ fermer xoʻjaligiga asos solib, uni hozirga qadar boshqarib kelyapti[4].
Shuningdek u Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashi deputati[5], Namangan viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli hamdir[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2007 yildagi PF-3914-son“. lex.uz (2007-yil 24-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.08.2002 yildagi PF-3120-son“. lex.uz (2002-yil 27-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
- ↑ „Oʻzbekiston qahramonlari (Mustaqillik yillarida Namangan viloyatidan „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻlganlar)“. namangan.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 Dadaboyev, Oqilxon „Oʻzbekiston Qahramoni Xalchaxon Mirzayeva: „Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, elimning farovonligi uchun ovoz berdim“.“. uza.uz (2023-yil 30-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
- ↑ „Deputatlar tarkibi (Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi tarkibi)“. namangan.uz. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.