Kontent qismiga oʻtish

Sovitkich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xolodilnikdan yoʻnaltirildi)

Sovitgich, xolodilnik — oziqovqat mahsulotlari va boshqa tez ayniydigan mahsulotlar saqlanadigan inshoot yoki qurilma. S.da mahsulotlar atrof muhit temperaturasidan past temperaturadi saqlanadi. Bunday temperatura sovitish mashinasi yordamida hosil qilinadi. Har qanday S. maxsus qurilgan xona yoki metall shkaf, bugʻlatkich, kondensator, kompressor, elektr dvigateli va temperatura relesidan iborat. Nima maqsadda ishlatilishiga karab, S. lar uyroʻzgʻor va sanoatda ishlatiladigan turlarga boʻlinadi. Uyroʻzgʻor Si tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, baliq va boshqalar) va ta gomlarni qisqa muddat saqlash hamda roʻzgʻor ehtiyojlari uchun muz tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday S.lar har xil hajmli (20—800 l) qilib ishlab chiqariladi. Mahsulotlarni saqlash muddatiga koʻra, S 4 toifaga: 1 — muzlatilmagan mahsulotlarni saqlash (past temperaturali boʻlmasiz); 2 — qisqa muddat (bir necha sutka mobaynida) sakdash; 3 — oʻrtacha muddat (2 haftagacha) saqlash va 4 — uzoq muddat (3 oygacha) saqlash uchun moʻljallangan S.larga boʻlinadi. Uyroʻzgʻor S.ida temperatura +6° dan —18° gacha boʻlishi mumkin. Sovitish qurilmasining turiga koʻra, S.lar kompression, absorbsion va termoelektr turlarga boʻlinadi. Kompression S.lar eng koʻp tarqalgan. S.dagi sovitish agenti — ammiak, freon va baʼzi uglevodlar. Kompression S.da elektr dvigatel kompressorni harakatlantiradi. Kompressor sovitish agentini kapillyar naychalar orqali haydab beradi. Natijada sovitish kamerasida va umuman S. shkafi ichida past temperatura xrsil boʻladi. Uyroʻzgʻor S.lari bir kamerali va ikki kamerali boʻlishi mumkin. Mahsulotlar ham saqlanib, ham muzlatiladigan S. muzlatkich deb ataladi. Sanoatda ishlatiladigan S.lar i.ch.da foydalaniladigan va taqsimot Slariga boʻlinadi. Ular sovitish kameralari, muzlatish kurilmalari, sovitish agenti aylanadigan naychalar, temperaturani nazorat qilish va avtomatik tarzda rostlab turish asboblari bilan taʼminlanadi. S.ning sovitish va saqlash kameralarida temperatura 0° atrofida, muzlatish kameralarida —18° dan —40° gacha boʻladi. Muzlatilgan mahsulotlar —18° da saqlanadi. Sigʻimi bir necha oʻn kg dan 10000 t gacha boʻlishi mumkin. Vazifasiga qarab, S.lar bir va koʻp qavatli boʻladi. Bunday S.lar savdo korxonalarida, goʻsht kombinatlarida, portlar va boshqa joylarda ishlatiladi.

Oʻzbekistonda ham S. (va konditsionerlar) ishlab chiqariladi (qarang Samarqand "Sino" aksiyadorlik jamiyati).