Kontent qismiga oʻtish

Xomashyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xom ashyodan yoʻnaltirildi)

Xomashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral xom ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) ishlab chiqarish xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va b. kiradi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodsh toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning xom ashyo bazasini kengaytirish va iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi.