Xromat kislotalar
Qiyofa
(Xromat Kislotalardan yoʻnaltirildi)
Xromat kislotalar — 6 valentli xromga muvofiq keladigan kislotalar; bular xromat kislota H2CrO4 va izopolixromat kislotalar — dixromat kislota H2Cr2O7, trixromat kislota H2Cr3O10 va tetraxromat kislota H2Cr4O13 dan iborat. Xromat kislota qizil rangli kristall modda. Izopolixromat kislotalar faqat suvdagi eritmalarda mavjud. Xromat kislota eritmalari xrom olishda ishlatiladi. Xromat kislotalarning tuzlari — xromatlardir. Xromat kislotalar zaharli.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |