Kontent qismiga oʻtish

Xromatizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xromatikadan yoʻnaltirildi)

Xromatizm, xromatika (yun. hromatismos — boʻyash) — 1) diatonika tizimidagi lad pogʻonasining yarim tonga koʻtarilishi yoki pasayishi. Pogʻonaning tortilishi, akkordning funksional dinamikasini oshirib, kuy va garmoniyaning ifodaviy taʼsirchanligini kuchaytiradi. Nota yozuvida alteratsiya belgilari bilan koʻrsatiladi; 2) yarim ton nisbatlariga asoslangan musiqa (intervallar) tizimi.