Kontent qismiga oʻtish

Benito Juárez

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xuares Benito Pablodan yoʻnaltirildi)
Benito Juárez (tax. 1872)

Benito Pablo Juárez García (talaffuzi: Benito Pablo Xuares Garsiya; 1806-yil 21-mart, San Pablo Gelatao, Oaxaka — 1872-yil 18-iyul, Mexiko, Meksika) — davlat va siyosat arbobi, Meksika milliy qahramoni. Kambagʻal indeys oilasida tugʻilgan. Diniy seminariyani (1827-yil) va yuridik maktabni (1833-yil) tugatgan. 1847—52-yillar Oaxaka shtataning gubernatori boʻlgan. 1846—48-yildagi amerika-meksika urushi davrida amerikalik interventlarga qarshilik koʻrsatishni tashkil etishsa katga rol oʻynagan. Antonio López de Santa Anna diktaturasiga qarshi chiqqanligi uchun mamlakatdan badargʻa qilingan (1853). 1854-yil inkilobi boshlanishi bilan Meksikaga qaytib kelgan va liberallar armiyasiga kirgan. Juárez Álvarez inqilobiy hukumatida adliya va kultlar vaziri boʻlgan (1855). 1857-yil konstitutsiyasi mualliflaridan biri. 1858—61-yilda hukumat boshligʻi. 1861—72-yilda mamlakat prezidenti. Cherkovning iqtisodiy va siyosiy mavqeini cheklovchi qonunlar chikargan. Angliya—Fransiya—Ispaniya intervensiyasi (1861—67-yil, Meksika ekspeditsiyasi) vaqtida chet el interventlariga qarshi kurashga rahbarlik qilgan[1].