Kontent qismiga oʻtish

Xudoyor Olimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xudoyor Olimovich Olimovdan yoʻnaltirildi)

Xudoyor Olimovich Olimov (1928.30.5, Toshkent) — psixiatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), tibbiyot fanlari doktori (1962), professor (1963). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1948). Shu institut psixiatriya klinikasida assistent (1954—57), ayni vaqtda Toshkent Davlat Universiteti yuridik fakultetida oʻqituvchi. Oʻzbekiston oʻlka meditsinasi ilmiy tadqiqot institutida katta il-miy xodim (1957—62), Andijon tibbiyot instituti psixiatriya kafedrasida mudir (1963—65), ayni vaqtda shu institut davolash fakultetida dekan, 1965-yili Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, shu institut (1966—73), Toshkent tibbiyot akademiyasi (1973—97) psixiatriya kafed-rasi mudiri. 1997-yildan ilmiy konsultant. O. Oʻzbekistonda psixiatrlar maktabi tashkilotchilaridan. Ilmiy faoliyati shizofreniya, infeksion ensefalit, maniakaldepressiv psixoz, qandli diabetda psixikaning aynishi va bu kasalliklar klinikasi, qaytalinishining oldini olish, davolash masalalariga oid.

  • Rekurrentnaya shizofreniya, T., 1982; Psixicheskiye narusheniya pri saharnom diabete, T., 1987.