Kontent qismiga oʻtish

Arab-Isroil mojarosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xung đột Ả Rập-Israeldan yoʻnaltirildi)
Arab mamlakatlari va Isroil.

Arab-Isroil ziddiyati (arabcha: الصراع العربي الإسرائيلي Aṣ-Ṣirāʿ al-ʿArabī al-'Isrā'īlī, ivritcha: הסכסוך הישראלי ערבי) tushunchasi oʻz ichiga qariyb bir asrlik siyosiy va harbiy qarama-qarshiliklarni oladi. Ziddiyat zamirida sionist harakatlar paydo boʻlishi hamda panarabchi va panislomchilar nuqtai-nazaridan arab-musulmon yerlari, yahudiylar tomonidan esa vatan hisoblanmish hududda Isroil davlati tuzilishi bilan bogʻliq muammolar yotadi.

Usmonlilar imperiyasi yemirilishidan soʻng hudud talashish maqsadidagi siyosiy qarama-qarshilik sifatida boshlangan bu ziddiyat yillar oʻtishi bilan keng miqyosli Arab-Isroil ziddiyatidan kichikroq, mintaqaviy miqyosdagi Isroil–Falastin mojarosiga aylandi; biroq hamon arab va qisman musulmon mamlakatlari Isroil davlatiga nisbatan dushman kayfiyatdadirlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil