Kontent qismiga oʻtish

Maxsus nisbiylik nazariyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xususiy nisbiylik nazariyasidan yoʻnaltirildi)
Albert Einstein taxminan 1905-yilda, „Annus Mirabilis maqolalari“ nashr etilgan paytlarda.

Fizikada maxsus nisbiylik nazariyasi yoki qisqacha maxsus nisbiylik — fazo va vaqt oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi ilmiy nazariya. Albert Einsteinning asl talqiniga koʻra, bu ikkita postulatga asoslangan:[1][2]

  1. fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemasida — oʻzgarmas (yaʼni, oʻxshash); va
  2. vakuumdagi yorugʻlik tezligi yorugʻlik manbai yoki kuzatuvchining harakatidan qatʼiy nazar barcha kuzatuvchilar uchun bir xil.

Kelib chiqishi va ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maxsus nisbiylik nazariyasi dastlab Albert Einstein tomonidan 26-sentabr 1905-yilda „Harakatlanuvchi jismlarning elektrodinamikasi“ (inglizcha: On the Electrodynamics of Moving Bodies) nomli maqolada ilgari surilgan.[3] Nyuton mexanikasining Maxwellning elektromagnetizm tenglamalari va Michelson-Morley eksperimental natijalari (va keyingi shunga oʻxshash tajribalar) bilan mos kelmasligi, tarixan gipotetik dunyoviy efir mavjud emasligini koʻrsatdi. Bu esa Einsteinning maxsus nisbiylik nazariyasining rivojlanishiga olib keldi, bu mexanikani barcha harakatlarni, ayniqsa yorugʻlik tezligiga yaqin tezlikda (relativistik tezlik) maʼlum boʻlgan vaziyatlarni yengishga imkon beradi. Bugungi kunda, maxsus nisbiylik nazariyasi, tortishish va kvant effektlari ahamiyatsiz boʻlganda, har qanday tezlikda harakatning eng aniq modeli ekanligi isbotlangan.[4][5] Shunga qaramay, Nyuton modeli hali ham past tezlikda (yorugʻlik tezligiga nisbatan), masalan Yerdagi har kungi harakatlar kabi sodda va aniq yaqinlashish vazifasini bajaradi.

Bundan koʻrinadiki, kuzatuvchi yorugʻlik manbaiga qarabmi yoki aksincha harakatlanishidan qatʼiy nazar yorugʻlik tezligi bir xil. Bu bizning kundalik hayotimizdagi tajribalarga zid keladi, chunki tasavvurimizda kuzatuvchi yorugʻlik manbaiga yaqinlashishi bilan uning tezligi yorugʻlik tezligiga qoʻshilishini, aksincha uzoqlashishi bilan ayrilishi lozim edi. Bu muammo biz kundalik hayotimizda hech qachon yorugʻlik tezligiga yaqin tezlikni oʻlchashga toʻgʻri kelmasligi bilan bogʻliq. Shuning uchun ham bunday katta tezliklarni qarashda bizning kundalik tajribalarimiz qoʻl kelishi foydali ekanligini kutmasligimiz kerak. Boshqa tomondan, Maykelson-Morli tajribasi ikkinchi postulat bilan toʻla mos keladi. Maykelson-Morli tajribasini birinchi postulatning isboti sifatida ham qarash mumkin, chunki mualliflarning fikricha, tajriba qandaydir absolyut sanoq sistemasiga nisbatan Yer tezligini oʻlchashga bagʻishlangan. Maykelson-Morli tajribasining salbiy natijalaridan koʻrinadiki, hech qanday yakkalangan sanoq sistemasi mavjud boʻlmaydi. Absolyut sanoq sistemasi tushunchasini inkor etib fizika Maksvell elektromagnit nazariyasini mexanika bilan birlashtirish imkoniyatiga ega boʻldi. Maksvell nazariyasida aytilgan yorugʻlik tezligi, har qanday sanoq sistemasida vakuumdagi tezligidir. Einstein koʻpincha tajribalarni xayoliy tasavvur qilar edi. Bunday analiz matematik hisoblashlarni va fizikaviy qurilmalarni talab qilmas edi. Bu yoʻlni Einstein „xayoliy tajriba“ deb atar edi. Shunday qilib, A.Einstein yorugʻlik ustida oʻtkazilgan tajribalar asosida fazovaqt tasavvurlarining yangi nazariyasi maxsus nisbiylik nazariyasini yaratdi.

  1. Griffiths, David J. „Chapter 12: Electrodynamics and Relativity“, . Introduction to Electrodynamics, 4th, Pearson, 2013. [[Maxsus:BookSources/ISBN 978-0-321-85656-2|ISBN ISBN 978-0-321-85656-2]]. 
  2. Jackson, John D. „Chapter 11: Special Theory of Relativity“, . Classical Electrodynamics, 3rd, John Wiley & Sons, Inc., 1999. [[Maxsus:BookSources/ISBN 0-471-30932-X|ISBN ISBN 0-471-30932-X]]. 
  3. Albert Einstein (1905) „Zur Elektrodynamik bewegter Körper“, Annalen der Physik 17: 891; English translation On the Electrodynamics of Moving Bodies by George Barker Jeffery and Wilfrid Perrett (1923); Another English translation On the Electrodynamics of Moving Bodies by Megh Nad Saha (1920).
  4. Goldstein, Herbert „Chapter 7: Special Relativity in Classical Mechanics“, . Classical Mechanics, 2nd, Addison-Wesley Publishing Company, 1980. [[Maxsus:BookSources/0-201-02918-9|ISBN 0-201-02918-9]]. 
  5. Lanczos, Cornelius „Chapter IX: Relativistic Mechanics“, . The Variational Principles of Mechanics, 4th, Dover Publications, 1970. [[Maxsus:BookSources/978-0-486-65067-8|ISBN 978-0-486-65067-8]].