Kontent qismiga oʻtish

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(YUNISEFdan yoʻnaltirildi)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi inglizcha: United Nations International Children's Emergency Fund
Qisqartma UNICEF
Turi Jamgʻarma
Shiori Har bir bola uchun
Ishga tushgan sanasi 11-dekabr, 1946-yil (77 yil avval) (1946-12-11) (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Bolalar Favqulodda Jamgʻarmasi sifatida)
Bosh direktor Ketrin M. Rassell
Bosh mahkamasi Nyu-York, AQSh
Vebsayti www.unicef.org

Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) (inglizcha: United Nations International Children's Emergency Fund) – BMTning asosiy jamgʻarmalaridan biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida 1946-yilda tuzilgan. 1953-yildan BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, UNICEFga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi. Jamgʻarma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlangʻich maktab oʻquvchilarini oziq-ovqat va ichimlik suv bilan taʼminlash vaksinalar yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar, Orolboʻyi aholisiga yordam koʻrsatish yuzasidan maxsus dastur, „Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi“ ishlab chiqilgan.[1]

  1. "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil