Kontent qismiga oʻtish

Yadro yoqilgʻisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yadro Yoqilg`isidan yoʻnaltirildi)

Yadro yoqilgʻisiyadro reaktorida boʻlinish yadro reaksiyalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan modda. Yadrosi neytronlar taʼsirida boʻlinib, kuchli energiya ajratib chiqaradi. Tabiatda faqat bir Yadro yoqilgʻisi — uran (II) mavjud. Yadro yoqilgʻisining issiqlik ajratish xususiyati, mas, koʻmirnikidan bir necha mln. marta katta. Reaktorlarda Yadro yoqilgʻisi butunlay "yonib" ketmaydi. Shuning uchun reaktorlarning issiqdik ajratuvchi qobiqlari Yadro yoqilgʻisini regeneratsiya qilish uchun qaita ishlanadi. Yadro yoqilgʻisinp regeneratsiya qilish radioaktivligi yuqori boʻlgan moddalarni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan murakkab jarayon. Yadro yoqilgʻisi chiqindilarini qayta ishlash va koʻmib yuborish bilan bogʻliq ishlar insoniyat oldidagi eng tashvishli va serchiqim yumush hisoblanadi.