Kontent qismiga oʻtish

Radiogeologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yadroviy Geologiyadan yoʻnaltirildi)

Radiogeologiya, yadroviy geologiya — geologiyaning Yer modsasida tabiiy yadroviy oʻzgarish qonuniyatlarini va ularning geologik jarayonlarda namoyon boʻlishini oʻrganuvchi sohasi. "Radiogeologiya" terminini fanga 1937-yil V. I. Vernadskiy kiritgan. Radiogeologiya yadro fizikasi, geokimyo, radiokimyo va kosmokimyo, geofizika bilan uzviy bogʻlangan. Bu soha asl radiogeologiya, izotop geologiya va mutlaq geoxronologiya (geoxronometriya) ga boʻlinadi. Asl radiogeologiyaga radioaktiv yemirilish jarayonlari muhim boʻlgan barcha geologik jarayon va hodisalar kiradi. Radiogeologiya tabiiy elementlar izotop tarkibining evolyusiyasini oʻrganadi. Radioaktiv parchalanish tezligiga qarab minerallar va tok jinslarining mutlaq yoshi aniqlanadi (yana qarang Massspektroskopiya); shunga asoslanib Yerda uning geologik tarixi davomida sodir boʻlgan geologik jarayonlarning ketma-ketligi tiklanadi. Shuningdek, radiogeologiya vazifasiga Yer po'stida aksariyat Yer geotermikasi belgilovchi radioaktiv parchalanish jarayonining energetika balansini oʻrganish; foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilishning radiometrik metodlari asoslarini yaratish; Yer po'sti va atmosferada kosmik nurlanish taʼsirida boʻladigan yadro reaksiyasini oʻrganish kiradi. Radiogeologiyaning bu soʻnggi yoʻnalishi kosmogoniya — Koinot rivojlanishi jarayonida atom yadrosi evolyusiyasini aniqdash bilan umumiy vazifani hal etadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil