Anjir shaftoli
Anjir shaftoli, yangi anjir shaftoli — xalq seleksiyasida yaratilgan shaftoli navi (R. R. Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida bu navni Chempion navi bilan chatishtirish asosida A. S. Cherevatenko chiqargan yangi Anjir shaftoli navi koʻp tarqalgan). Tupi kuchli oʻsadi, daraxti oʻrtacha kattaliqda (4 −5 m), mart oxiri — aprelning boshida (12 — 18 kun davomida) gullaydi. Guli ikki jinsli, qizgʻish, gulining 20 — 25% ni tutadi. Oʻzidan changlanuvchi nav. Mevasi tukli, anjirsimon — yassi (diametri 5 — 10 sm), ogʻirligi 80 — 100 g. Danagi mayda ham yassiroq, koʻpincha mevaning oʻrtasida koʻrinib turadi. Eti sersuv, muloyim, shirin. Avgustda pishadi. Sovuqqa chidam-siz, qishda 15 — 18° gacha, bahorda 4-6° sovuqqa bardosh beradi. Ekilgandan key-in 2 — 3-yili mevaga kiradi, 6 — 8 yil yuqori, yaxshi agrofonda 16 yilgacha hosil beradi. Har tupidan 70 — 80 kg meva olish mumkin. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ekiladi. Anjir shaftoli Eron, Afgʻoniston va Xitoyda ham uchraydi. Mevasi yangiligida yeyiladi, tarkibida 14,7% gacha qand, 0,26% kislota bor. Kon-serva va qoqi qilinsa ham boʻladi. Rixsivoy Joʻrayev.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |