Kontent qismiga oʻtish

Yangi Janubiy Uels

Koordinatalari: 32°0′0″S 147°0′0″E / 32.00000°S 147.00000°E / -32.00000; 147.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yangi janubiy uelsdan yoʻnaltirildi)
Yangi Janubiy Uels

New South Wales
Shtat
Skyline of Yangi Janubiy Uels
Yangi Janubiy Uels
Bayroq
Yangi Janubiy Uels
Gerb
32°0′0″S 147°0′0″E / 32.00000°S 147.00000°E / -32.00000; 147.00000
Mamlakat Avstraliya
Maydon 809,952 km2 (312,724 kv mi)
Aholisi
 (2022)
8 130 115
Yangi Janubiy Uels xaritada
Yangi Janubiy Uels
Yangi Janubiy Uels

Yangi Janubiy Uels (inglizcha: New South Wales) – Avstraliya Ittifoqining janubi-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni – 800,6 ming km2. Aholisi 8 130 115 kishi (2022)[1]. Maʼmuriy markazi – Sidney shahri. Mamlakat poytaxti Kanberra shahri ham shtat hududida. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Yirik daryolari: Murrey va uning irmoqdari. Sharqida Katta suvayirgʻich tizma va kambar dengiz boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi kontinental va quruq iqlim. Yillik yogʻin 1200–1500 mm, tekisliklarda 250 mm gacha. Oʻrtacha oylik tralar 10–12 °C dan 22–26 °C gacha. Sohil va togʻ yon bagʻirlarida evkalipt oʻrmonlari bor, qolgan qismi savannalardan iborat. Yangi Janubiy Uels mamlakatning aholisi eng koʻp va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtati. Toshkoʻmir, rux, qoʻrgʻoshin, kumushning yirik konlari bor, shuningdek, rutil konsentrati olinadi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Ekin maydonining katta qismiga bugʻdoy ekiladi. Shuningdek, arpa, suli, makkajoʻxori, shakarqamish va paxta yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachilik sut va goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Sidney, Nyukasl, Wollongong kabi yirik portlari bor. Murrey daryosida kema qatnaydi.

  1. „National, state and territory population – March 2021“. Australian Bureau of Statistics (2022-yil 26-sentyabr). 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.