Kontent qismiga oʻtish

Yangi masjid (Istanbul)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yangi masjid, Istanbuldan yoʻnaltirildi)
Yangi masjid
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi masjid
Shahar Istanbul
Mamlakat Turkiya
Qurilishi boshlangan 1597-yil
Yangi masjid (Istanbul)

Yangi masjid (turkcha: Yeni Cami, asli nomi Volidai Sulton masjidi, turkcha: Valide Sultan Camii) va keyinchalik Yangi Volidai Sulton masjidi (turkcha: Yeni Valide Sultan Camii) – 1660–1665-yillar mobaynida qisman rekonstruksiya qilingan va qurib bitkazilgan masjid.

Turkiyaning Istanbul shahrining Eminönü kvartalida joylashgan Usmoniylar imperiyasi davrida bunyod etilgan. U Oltin shohda, Galata koʻprigining janubiy uchida joylashgan. Masjid Usmonli Imperiyasidagi Ayollar saltanati davrining namunasidir. Masjid qurilishi 1597-yilda boshlangan. Bino sulton Murod IIIning rafiqasi Safiya Sulton homiyligi asosida qurilish ishlari boshlangan. Safiya Sulton 1595-yilda Mehmed III taxtga oʻtirganidan soʻng ikki yil oʻtib, Volidai Sulton sifatida qurilish ishlarini boshlagan va shu sababli masjid nomi „Volidai Sulton masjidi“ deb nomlangan. 1603-yildan soʻng qisman qurilgan inshoot asta-sekin xarobaga aylangan va 1660-yilgi[1] Buyuk Istanbul yongʻini paytida jiddiy zarar koʻrgan, shahardagi koʻplab mahallalar vayron boʻlgan[1][2].

  1. 1,0 1,1 Baer, Marc David (2004). „The great fire of 1660 and the Islamization of Christian and Jewish space in Istanbul“. International Journal of Middle East Studies. 36-jild, № 2. 159 181-bet. doi:10.1017/s002074380436201x. JSTOR 3880030.
  2. „Istanbul Fire Brigade: A chronological list of major fires in the history of Istanbul“. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.