Kontent qismiga oʻtish

Yasama soʻz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yasama so'zdan yoʻnaltirildi)

Yasama soʻz — yasovchi qoʻshimchalar yordamida hosil qilingan soʻz: bedazor, ishchi, yozuvchi, maktabdosh, odamsimon; bepul, boobroʻ, sermeva. Oʻzbek tilida yasama soʻz hosil qilishning quyidagi koʻrinishlari mavjud: 1) oʻzakdan yasash (ish+chi): birinchi derivatsiya (birinchi negiz); 2) negizdan yasash (oʻquv+chi); ikkinchi derivatsiya (ikkinchi negiz); oʻquvchi+lik: uchinchi derivatsiya (uchinchi negiz); 3) qoʻshma oʻzakdan yasash (ishbilarmon+lik, pirpir+ak, temiryoʻl+chi). Yasama soʻzga asos boʻlgan komponent — soʻz yasalish asosi yoki motivlovchi asos, undan hosil boʻlgan, yaʼni Ya.s esa motivlanuvchi asos deyiladi. Yasama soʻzning maʼnosi ana shu motivlovchi komponent va yasovchi qoʻshimchaning maʼnosi bilan asoslanadi, shu qismlarning maʼnosidan kelib chiqadi. Soʻzning yasalgan yoki yasalmaganligini belgilashda hozirgi til nuqtai nazaridan qaraladi. Masalan, toshloq soʻzi qismlarga ajraladi (tosh+loq; tosh bilan bogʻlanish bor), qishloq soʻzi esa ajralmaydi, chunki bugungi kunda bu soʻzning "qishda yashaydigan joy" maʼnosi unutilgan. Boshqacha aytganda, Yasama soʻzlarda yangi hosil qilingan lugʻaviy birlik bilan avvalgisi (yangi birlikka asos boʻlgani) oʻrtasidagi aloqa sezilib turadi (yana qarang Soʻz yasalishi).