Psixogeniyalar
Psixogeniyalar (psixo... va gen) — ruhiy iztirob beruvchi omillar oqiba-tida kelib chiqadigan psixik kasalliklar guruhi. P. nevrozlar va reaktiv psi-xozlarga boʻlinadi. Ruhiy iztirob beruvchi omillarning kuchiga va davomliligiga qarab har kanday kishilarda ham P. uchrashi mumkin, lekin ularning kelib chiqishiga, albatta, qoʻshimcha omillar: ruhiy holatlar, jumladan, aql-idrok darajasi, ishonuvchanlik, hissiyotlar xususiyati va boshqa kasalliklar oqibati (miyaning shikastlanishi, ichki aʼzolar xastaliklari, alkogolizm) ham sabab boʻladi. Kuchli dara-jadagi taʼsirotlar oqibatida reaktiv psixozlar kelib chiqadi. Reaktiv psi-xozlarning 3 ta asosiy mohiyati bor: 1) reaktiv psixozlar hamma vaqt ru-hiy iztiroblar oqibatida kelib chiqadi; 2) bemorlar kechinmalarida esa mana shu ruhiy iztiroblar aks etadi; 3) ruhiy iztiroblar yoʻqolishi bilan ruhiy xastalik ham barham topadi. Oʻz navbatida, bemorlarning shaxsiy-konstitutsional mohiyatlariga qarab asosan 3 xil nevrozlar qayd qilina-di: nevrasteniya, isteriya va miyadan ketmaydigan holatlar nevrozi. P.ga mubtalo boʻlgan bemorlar iztirob beruvchi omillar bartaraf qilingandan keyin tezda va butunlay tuzalib ketishi mumkin. Birok, uzok, davom etgan iztirobli ruhiy kechinmalar kishi shaxsining oʻzgarib ketishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |